Ruben Diashni tunab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash talonchilik qurboni bo'ldi.
The Telegraph xabariga ko'ra, jinoyatchilar chorshanba kuni "Manchester Siti"ning Chempionlar ligasi doirasida "Galatasaroy"ga (2:0) qarshi o'yini vaqtida futbolchining uyiga kirib, bir nechta buyumlarni o'g'irlashgan.
O'g'irlik sodir bo'lgan vaqtda jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirayotgan Diash stadionda, uning sevgilisi, britaniyalik teleboshlovchi Mayya Jama esa Janubiy Afrikada suratga olish jarayonida bo'lgan.
Hozirda politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" Diashga har qanday yordam va ko'mak berishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375