«Arsenal» va «Liverpul» Kamavinga transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 989

«Liverpul» Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside yozmoqda. «Enfild»da frantsuzning ham markazda, ham chap qanot himoyasida o'ynay olishini yuqori baholashmoqda.
Kamavingaga APLning yana bir top-klubi — «Arsenal» ham qiziqmoqda. Biroq transfer arzonga tushmaydi: ayrim manbalar 80–100 mln evro deyishsa, boshqalari u umuman sotilmasligini ta'kidlaydi.
2025/2026 mavsumida 23 yoshli Kamavinga 24 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381