«Real» APL yulduzi taklifini rad etgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1213

Angliya Premer-ligasining yulduz futbolchisi «Real»da o'ynashni istagan. The Touchline xabariga ko'ra, ESPN jurnalistiga tayanib, «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh o'z xizmatini «qaymoqranglilar»ga taklif qilgan. Ammo madridliklar bu variantni rad etgan.
Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali 31 yoshli portugaliyalikni 40 million evroga baholaydi.
2025/2026 mavsumida Fernandesh 22 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369