Gvardiolaning yordamchisi "Arsenal" bilan poyga haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1028

Xosep Gvardiolaning assistenti Pepeyn Leynders "Arsenal" bilan chempionlik poygasi haqida gapirdi. "Manchester Siti" ayni damda londonliklardan 4 ochko ortda qolmoqda.
"Gap o'zimizda. Men bir nechta chempionlik poygalarida qatnashdim va keyingi o'yinga e'tibor qaratish muhim. Bilaman, bu biroz qo'pol javob, lekin siz o'z o'yinlaringizni yutishingiz kerak. Bosim yaratish va quvib etish kerak - raqib buni his qilishi kerak. Bu yagona mumkin bo'lgan yo'l", - dedi Leynders matbuot anjumanida.
Premer-liganing navbatdagi turida "Arsenal" safarda "Lids"ga qarshi bahs olib boradi. "Manchester Siti" esa "Tottenxem" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
453