Gvardiolaning yordamchisi Dokuning ahvoli haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1306

Pep Leynders juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Xosep Gvardiola o'rniga chiqish qildi. "Manchester Siti" ustozidan Jeremi Dokuning ahvoli haqida so'rashdi. "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda belgiyalik futbolchi jarohat tufayli almashtirildi.
"Dokuning o'yini uchun katta maqtovlar aytish kerak. Top jamoa hujumdagi o'yinchilar sifatiga qarab aniqlanadi. Shikastlanish oldingisiga o'xshaydi: o'shanda u yon tomondan bo'lgan, hozir esa markazda. O'tgan safar tiklanishga 18 kun ketgandi. Bu safar hammasi tezroq bo'ladi, deb o'ylayman. Unga vaqt berish kerak", - dedi Leynders jurnalistlarga.
Fevral oyining birinchi oqshomida "Manchester Siti" safarda "Tottenxem" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402