"Fenerbaxche" va "Atalanta" Lukman bo'yicha muzokara o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4266

Turkiyaning "Fenerbaxche" va Italiyaning "Atalanta" klublari nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman transferi bo'yicha muzokara o'tkazdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
30 yanvar kuni bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng kelishuv yakuniy bosqichda. "Fenerbaxche" Luqmon uchun qo'shimcha shartlarni hisobga olgan holda 40 million evro to'laydi.
O'tgan yozda Lukmanga Milanning "Inter" klubi faol qiziqish bildirgandi, ammo futbolchini jamoadan qo'yib yuborishmadi. Bu esa uning bir muddat maydonga tushishdan bosh tortishiga sabab bo'ldi.
Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
396