Frantsiya terma jamoasi hujumchisi "Milan" bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 948

Jan-Filipp Matetaning ustuvor maqsadi "Milan"ga o'tish. "Kristal Pelas" forvardi allaqachon "rossonerilar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, "Milan" "Kristal Pelas" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va bu borada oldinga siljidi. Xullas, qishki transferlar vaqtida Mateta Italiyaga yo'l olish ehtimoli katta.
2025/2026 yilgi mavsumda Jan-Filipp Mateta "Kristal Pelas" safida 34 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda frantsuz o'z hisobiga o'nta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Nufuzli "Transfermarkt" portali 28 yoshli Matetani 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290