Arteta: "Maydonga tushib, isbotlash kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1349

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida Xosep Gvardiolaning so'zlari yuzasidan savol oldi. Yaqinda "Manchester Siti" ustozi "kanonirlar"ni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb atagandi. Artetaga Gvardiolaning gaplari psixologik o'yin bo'lishi mumkinmi, deb savol berishdi.
"Men bilanmi? Bunday deb o'ylamayman. Biz shunchaki umumiy tarzda muloqot qilamiz - u o'z his-tuyg'ularini aytadi, xolos. Agar bu erda qandaydir ruhiy o'yinlar bo'lsa, demak bor ekan. Men bunga alohida e'tibor bermayapman - biz shunchaki maydonga chiqib, o'zimizni isbotlashimiz kerak," - dedi Arteta matbuot anjumanida.
"Arsenal" Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" esa 4 ochko ortda qolgan holda 2-pog'onada bormoqda.

Bosh sahifaga
296