Moyes Grilish haqida noxush xabar e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1359

Hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish qo'shimcha tekshiruvlardan o'tdi. Bu haqda "Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Bizning fikrimizcha, unga jarrohlik amaliyoti kerak bo'ladi. Bu uning mavsum oxirigacha o'yinlarda ishtirok etishini istisno qiladi," - dedi Moyes.
Shu bilan birga, Moyes Grilish kelajakda "Everton"da o'ynashi haqida gapirishga hali erta ekanligini ta'kidladi. Xabaringiz bor, mersisaydliklar 30 yoshli futbolchini "Manchester Siti"dan sotib olish imkoniyatiga ega.
"Everton" Premer-liga turnir jadvalida hozirda 10-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291