Rasman. "Man Siti" vingeri "Fulxem"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Fulxem" o'zining rasmiy saytida "Manchester Siti"dan hujumkor yarim himoyachi Oskar Bobbning transferini e'lon qildi. Londonliklar bitim summasini oshkor qilishmayapti.
22 yoshli Bobb 2031 yilning yarmigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. "Fulxem" safida Oskar 14-raqamda harakat qiladi.
"Bu erda bo'lish juda yoqimli. Ajoyib kun bo'ldi: hamma bilan tanishdim va juda xursandman. Men har doim "Fulxem" sifatli o'yinchilar va ajoyib stadionga ega yaxshi klub ekanini bilardim," - dedi Bobb.
"Fulxem" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinni 1 fevral kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi mehmonda o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293