Flik: «Mavsumning hal qiluvchi pallalariga etib keldik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Mavsumning hal qiluvchi pallalariga etib keldik — juda muhim lahzalar. Har bir o'yin kamroq imkoniyat degani. Biz maksimal tayyorgarlik va to'liq kontsentratsiyada bo'lishimiz kerak.
Oldimizda "Elche"ga qarshi bahs bor. O'tgan mavsum ularning maydonida to'p nazorati ko'proq ularda edi. Eder juda yaxshi ish qilgan.
Ular juda yaxshi o'ynaydi, juda jasur jamoa. O'yin uslublari jozibali, ko'plab vaziyatlar yaratishadi. Ularning qanday o'ynashini tomosha qilish menga yoqadi», - dedi Flik matbuot anjumanida.
"Elche" - "Barselona" uchrashuvi 31 yanvardan 1 fevralga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.

Bosh sahifaga
271