Dibala tekshiruvdan o'tdi - natijalar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1182

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala tibbiy ko'rikdan o'tdi. Ushbu tekshiruvda futbolchida jarohat aniqlanmadi. Argentinalik yulduzda faqatgina lateral kapsulaning engil yallig'lanishi aniqlandi, deb xabar beradi Pazzadifanta.
Dibala allaqachon fizioterapiya kursini va individual mashg'ulot dasturini boshlagan. 32 yoshli futbolchining holati kunma-kun kuzatib boriladi va u qachon safga qaytishi mumkinligi aniqlanadi.
Paulo Dibala 2025/2026 yilgi mavsumda 22 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
370