Pires "Arsenal"ning Chempionlar ligasidagi darajasini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 503

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Robert Pires Chempionlar Ligasi qur'a tashlash marosimida ishtirok etdi. Jarayondan oldin frantsuz o'zining sobiq jamoasining Evropaning asosiy klub turniridagi darajasini baholadi.
"Arsenal" Chempionlar Ligasi favoritlaridan biri hisoblanadimi? Ha. Ular sakkizta o'yindan sakkiztasida g'alaba qozonishdi, 23 ta gol urishdi va atigi to'rtta gol o'tkazib yuborishdi. Mikel Arteta va futbolchilarning ajoyib ishi," - dedi Pires.
Umumiy hisobda 24 ochkodan 24 ochko jamg'argan "Arsenal" Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. "Kanonirlar"ning ehtimoliy raqiblari - "Borussiya", "Atalanta", "Olimpiakos" va "Bayer."
"Arsenal"ning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi natijasi 2006 yilgi final hisoblanadi. O'shanda "kanonirlar" "Barselona"ga 1:2 hisobida yutqazgandi.

Bosh sahifaga
368