Froynd - Upamekanoning kelajagi haqida: "Qaror tez orada qabul qilinadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar jarayoni haqida gapirdi.
"Biz hech qachon muzokaralar jarayoni haqida xabar bermaganmiz. Biz har doim yaxshi muzokaralar olib borayotganimizni aytganmiz. Hech qanday yangilik yo'q. Men hech qanday tafsilotlar haqida gapirmayman. Qaror tez orada qabul qilinadi," - dedi funktsioner jurnalistlarga.
Upamekano 2021 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli frantsuz barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385