"Bavariya" direktori Goretskaning jamoadan ketishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd klubning Leon Goretskani almashtirish rejasi haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq funktsioner 30 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishini ma'lum qilgandi.
"Bizda tarkib bilan nima qila olishimiz borasida rejalar bor, ammo oldinda yana besh oy bor. Bizda ijarada bo'lgan yoki allaqachon tarkibimizda o'ynayotgan yaxshi yosh futbolchilar bor. Hali vaqt bor, lekin biz hammasini o'ylab qo'yganmiz," - dedi Froynd jurnalistlarga.
Joriy mavsumda Goretska barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushdi va bir marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Kelayotgan yozda xavbekning shartnomasi muddati tugaydi va u uzaytirilmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
370