Goal talqini bo'yicha Keyn "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogarga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499

Nufuzli Goal portali jurnalistlari 2026 yilgi "Oltin to'p" uchun favoritlar reytingining yangi versiyasini e'lon qildi. Ushbu reytingning birinchi pog'onasidan "Bavariya" forvardi Xarri Keyn joy oldi. Angliyalik mavsumni yorqin o'tkazmoqda va nufuzli sovringa asosiy da'vogar hisoblanadi.
Ikkinchi o'rinda "Real" forvardi Kilian Mbappe bormoqda, u ham Xarri Keyn kabi ko'p gol urmoqda. Kuchli uchlikni yana bir top bombardir - "Manchester Siti" a'zosi Erling Xoland yakunlamoqda.
Keyingi o'rinlarni Lamin Yamal, Maykl Olise, Vitinya, Deklan Rays, Luis Dias, Rafinya va Lionel Messi egalladi.
O'tgan yili "Oltin to'p"ni Usmon Dembele qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354