"Real" Arbeloaga keyingi mavsumda ishonishni rejalashtirmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1009

Alvaro Arbeloaning "Real" bosh murabbiyligidagi kelajagi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Jurnalist Mario Kortegananing yozishicha, "Real"da hech kim uzoq muddatli istiqbolda Arbeloaga umid qilmayapti. Manbaga ko'ra, mavsum yakunlangach, klub yangi mutaxassisni tayinlashi deyarli aniq.
Eslatib o'tamiz, Arbeloa Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga (2:3) yutqazgan Xabi Alonso iste'foga chiqarilgach, "Real"ni qabul qilib olgandi.
Ispaniya La Ligasida "Real" 51 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar"ning peshqadam "Barselona"dan ortda qolishi 1 ochkoni tashkil etmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351