"Liverpul" yangi himoyachi sotib olishi mumkinmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 825

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yangi o'ng qanot himoyachisi sotib olinishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Agar bizga yordam bera oladigan futbolchini topsak va kelishuv amalga oshishi mumkinligini ko'rsak, buni amalga oshiramiz", - deya niderlandiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Avvalroq, "Liverpul" o'z maydonida Ozarbayjonning "Qorabog'" klubini 6:0 hisobida mag'lub etib, Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlagandi. 8 tur yakuniga ko'ra mersisaydliklar uchinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260