Gasperini Dibalaning yangi jarohati haqida xabar berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 610

"Roma" "Panatinaikos" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi va mart oyida bo'lib o'tadigan Evropa Ligasi 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.
"Bo'rilar" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini yaqin uchrashuvlarda Paulo Dibala jamoaga yordam bermasligini ma'lum qildi. Argentinalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli zaxirada qoldirildi.
"Ertaga aniq bilib olamiz. "Udineze" bilan uchrashuv borasida unchalik ishonchim komil emas, lekin umid qilamanki, u tez orada tiklanadi.
Malen - aniq yaxshi variant, keyin uch futbolchini qanday almashtirishni ko'ramiz. Hozir qiyin bo'ldi, ammo bizda ba'zi futbolchilarni tiklash uchun vaqt bor.
Ermoso umumiy guruhga qaytmoqda, El-Shaaravi tiklanishga yaqin. Xavotirga solayotgan yagona odam - Kone, ko'ramiz, Dibala nima bo'larkin. Bular muhim o'yinchilar", dedi Gasperini.
2 fevral kuni "Roma" Italiya chempionatida "Udineze"ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
259