"Bavariya" Goretskaning ketishi haqida bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd yarimhimoyachi Leon Goretska joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishini tasdiqladi.
Avvalroq, 30 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda "Bavariya"ni tark etishi haqida post qoldirgan edi.
"Biz Leon bilan yozda nima bo'lishi haqida ochiq gaplashdik. Endi yozda Leonning "Bavariya"dagi davri tugaydi, deya olamiz. Sakkiz yillik muvaffaqiyatli faoliyatdan so'ng u boshqa klubga o'tadi", - dedi funktsioner matbuot anjumanida.
Goretska 2018 yilda "Bavariya"ga o'tgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276