Karlos Alkaras faoliyatida ilk bor Avstraliya ochiq chempionati finaliga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 597

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi — ispaniyalik Karlos Alkaras Avstraliya ochiq chempionati yarim finalida turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan germaniyalik Aleksandr Zverevni mag'lub etdi va faoliyatida ilk bor Melburnda o'tayotgan “Katta dubulg'a” turniri finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Uchrashuv Alkaras foydasiga 6:4, 7:6, 6:7, 6:7, 7:5 hisobida yakunlandi. Zverev va Alkaras o'rtasidagi bahs turnirning eng uzoq davom etgan uchrashuvi bo'lib, 5 soat 27 daqiqa davom etdi. Finalda Alkaras serbiyalik Novak Jokovich (4) va italiyalik Yannik Sinner (2) o'rtasidagi bahs g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391