Douman "Arsenal" bilan dastlabki shartnomani imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 760

16 yoshli yarim himoyachi Maks Douman Londonning "Arsenal" klubi bilan dastlabki shartnomaga imzo chekdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Tomonlar o'rtasidagi kelishuv futbolchi 17 yoshga to'lganidan so'ng professional mehnat shartnomasini imzolashni nazarda tutadi. Bu joriy yilning dekabr oyida sodir bo'ladi.
Joriy mavsumda Douman barcha musobaqalarda "kanonirlar"ning beshta uchrashuvida ishtirok etdi.
Angliya premer-ligasining 23-turidan so'ng londonliklar 50 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta shogirdlari 2-o'rindagi "Manchester Siti"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403