Edegor Arteta tufayli "Arsenal"ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1424

"Arsenal"ning norvegiyalik yarim himoyachisi Martin Edegor bosh murabbiy Mikel Arteta bilan murakkab munosabatlarga ega bo'lgani uchun klubni tark etish variantini ko'rib chiqmoqda.
Topskills Sports UK nashrining xabar berishicha, Edegor va Arteta o'rtasida keskinlik kuchayib bormoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi klubni tark etishi mumkin, unga "Bavariya" va "Inter" klublaridan ham qiziqish bor. Ta'kidlanishicha, sensatsion transfer klublarga taxminan 92 million evroga tushishi mumkin.
Edegor 2021 yildan buyon "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli norvegiyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 24 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va beshta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
403