«Atletiko» «Inter» yarim himoyachisiga da'vogarlar safiga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4060

Madridning «Atletiko» klubi «Inter» yarim himoyachisi Davide Fratteziga da'vogarlar safiga qo'shildi.
Matteo Moretto xabar berishicha, «matraschilar» 26 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olib, keyin sotib olish huquqini qo'lga kiritishni istamoqda. Biroq «Inter»ni bunday format qoniqtiradimi yoki yo'q — hozircha aniq emas.
Avvalroq Fratteziga «Nottingem Forest», «Napoli», «Yuventus» va «Galatasaroy» qiziqish bildirgani aytilgan edi. Transfermarkt portali uning qiymatini 28 mln evro deb baholaydi. Futbolchining «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
425