Kasado "Barselona"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 571

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado bolaligidan «ko'k-anorranglilar» safida to'p surishni orzu qilganini aytdi.
«Bolaligimdan “Barselona”da o'ynashni orzu qilganman. Hozir menda shu imkoniyat bor ekan, uni saqlab qolish uchun kurashishda davom etaman. Kecha his qilgan muxlislar qo'llab-quvvatlovi menda katta faxr uyg'otdi», — deya Kasadoning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Kasado — "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda 22 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarni hisobga olganda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning katalon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390