De Dzerbi "Marsel"ni tark etadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 624

Italyan mutaxassisi Roberto de Dzerbi Chempionlar ligasidan chiqib ketilganiga qaramasdan, "Marsel"ni tark etmoqchi emas. Bu haqda L’Equipe jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 46 yoshli murabbiy jamoani tark etish haqidagi gap-so'zlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ochiq aytgan. De Dzerbi 2024 yil yozidan beri marselliklar bosh murabbiyi hisoblanadi, uning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Frantsiya chempionatining 19 turidan keyin "Marsel" 38 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "PSJ"dan 7 ochkoga ortda qolyapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282