“Inter” yarim himoyachisining yangi jamoasi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Albaniyalik yarim himoyachi, Milanning “Inter” klubi futbolchisi Kristian Aslani Turkiya Superligasiga yo'l olmoqda. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining yangi jamoasi Istanbulning “Beshiktosh” klubi bo'ladi.
Aslani turk grandi bilan 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan ijara shartnomasini imzolaydi. Bitimda futbolchini to'liq sotib olish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Mavsumning birinchi yarmida Kristian ijara asosida “Torino” safida harakat qildi. Albaniyalik xavbek Italiya chempionatida 15 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo golli harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
Ayni paytda Turkiya chempionatida “Beshiktosh” beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288