Ronalduning onasi insultga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 521

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru bugun tunda shoshilinch kasalxonaga yotqizildi.
A Bola nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 65 yoshli ayolga insult tashxisi qo'yilgan. Shifokorlar juda tez harakat qilishdi va og'ir oqibatlarning oldi olindi.
Ayni paytda Ronalduning onasi shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Doloresh Aveyru shuningdek, ko'krak saratoniga qarshi ham kurash olib boradi. U bu haqda o'tgan yili xabar bergandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336