Evropa klubi Kante transferi uchun 4 million evro ajratishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1967

Frantsiyalik tayanch yarim himoyachisi N’Golo Kante Evropaga qaytishi mumkin. Hozirda 34 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Ittihod” safida to'p surmoqda.
Sports Digitale ma'lumotlariga ko'ra, tajribali frantsuzga Istanbulning “Fenerbaxche” klubi qiziqish bildirmoqda. Turkiya grandi Kante transferi uchun 4 million evro ajratishga tayyor.
Yarim himoyachining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Joriy mavsumda Kante Saudiya Arabistoni chempionatida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312