MLSning eng yaxshi yosh futbolchisi La Ligaga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4184

"Vilyarreal" "Orlando Siti" bilan o'ng qanot himoyachisi Aleksandr Friman transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
21 yoshli amerikalikning ispan klubi bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan.
El Periódico Mediterráneo ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv summasi 3,2 mln evro va faollashtirish qiyin bo'lgan bonuslar ko'rinishidagi 2 mln evroni tashkil etgan.
Friman MLSda "Orlando Siti" uchun 40 dan ortiq o'yin o'tkazdi va 13 marta AQSh terma jamoasini himoya qildi. 2025 yil oxirida futbolchi Shimoliy Amerika ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428