«Bavariya» Dayo Upamekanoga berilgan muddatni qisqartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

«Bavariya» himoyachisi Dayo Upamekano kelajagi bo'yicha kutilgandan ertaroq qaror qabul qiliishi kerak. Ilgari myunxenliklar futbolchi fevral o'rtasigacha javob berishi kerakligi aytilgan edi, ammo Bild insayderlik ma'lumotini yangilab, oxirgi muddat sifatida 1 fevral, yakshanba kunini ko'rsatdi.
Avvalroq «Bavariya» sport direktori Maks Eberl klub 27 yoshli futbolchidan javob kutayotganini bildirgan edi. OAVda ta'kidlanishicha, klubning pozitsiyasi qat'iy — taklif yakuniy va yaxshilanmaydi.
Upamekanoning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Myunxen jamoasi navbatdagi o'yinini 31 yanvar kuni Bundesligada safarda "Gamburg"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
426