Turkiyaga yana bir yulduz futbolchi kelishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi va Italiyaning «Atalanta» jamoasi o'rtasida Ademola Lukman transferi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar Italiyada bo'lib o'tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi.
Shuningdek, «Fenerbaxche» futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha ham muzokara olib boradi. Qayd etilishicha, klub hujumchi bilan bitimni amalga oshirish uchun katta sa'y-harakat qiladi.
28 yoshli nigeriyalik futbolchi yaqinda bo'lib o'tgan Afrika millatlar kubogida bronza medallariga sazovor bo'lgan. Klub miqyosida joriy mavsumda u 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Lukmanning transfer qiymatini 35 million evro deb baholamoqda.

Bosh sahifaga
420