Mourino «Real» futbolchisiga nimalar degani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen bilan nimalar haqida gaplashganini ochiqladi.
Chorshanba kuni portugaliyalik mutaxassis jamoasi «qaymoqranglilar»ni 4:2 hisobida mag'lub etib, Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqdi.
«Xyoysen bilan suhbat? Din avval mening qo'lim ostida “Roma”da o'ynagan, u bolalarim bilan do'st. Oramizda yaxshi munosabat bor, o'yin haqida gaplashdik. U juda xafa edi, men esa unga: “Sen omadlisan, ikki gol farqi bilan yutqazding, hisob yanada yirik bo'lishi ham mumkin edi”, dedim», — deya Mourinoning so'zlarini keltiradi Ispaniya OAV.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428