“Chelsi” Endrik uchun katta summa taklif qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357

Londonning “Chelsi” klubi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Endrik uchun taxminan 80 million evro miqdoridagi rasmiy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Topskills Sports UK o'zining X (sobiq Twitter) sahifasidagi xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “ko'klar” Endrikni klubning uzoq muddatli sport loyihasida asosiy figuralardan biri sifatida ko'rmoqda. Shu bilan birga, braziliyalik hujumchiga “Atletiko”, “Arsenal” va “PSJ” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa futbolchining transfer narxini yanada oshirishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Endrik ayni paytda “Lion” safida o'ynamoqda. “Qirollik klubi” futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga bergan. Braziliyalik hujumchi hozirgacha frantsuz klubi safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. So'nggi o'yinda u xet-trik qayd etib, jamoasining 5:2 hisobidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Transfermarkt portali Endrikning bozor qiymatini 25 million evro deb baholamoqda.

Bosh sahifaga
319