"Real" Vinisius va Rodrigoga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1155

Avvalroq Vinisius va Rodrigo "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etilishicha, madridliklar futbolchilarning kelajagi haqida o'ylamoqda.
DefensaCentral nashrining yozishicha, "qaymoqranglilar" allaqachon o'yinchilarga o'rinbosar topib qo'ygan. Klub "RB Leyptsig" vingeri Yan Diomandeni nishonga oldi. Nemislar futbolchi uchun kamida 100 mln evro olishni istamoqda. Qayd etilishicha, "Real" hozircha bunday summani to'lashga tayyor emas.
Bundesliganing ushbu o'yinida Yan Diomande "RB Leyptsig" safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda futbolchi ettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247