APLning eng yaxshi futbolchisi: Fernandesh - uchinchi, Saliba - beshinchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

ESPN tahlilchilari Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzdi. Ushbu reytingni tuzishda nafaqat ko'rsatkichlar, balki o'yin daqiqalari ham hisobga olindi. Qolaversa, jarohat olgan futbolchilar reytingga kiritilmagan.
Birinchi pog'onada Angliya chempionati to'purarlar poygasi etakchisi - "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland qayd etildi. Ikkinchi o'rin "Arsenal" xavbeki Deklan Raysga tegishli. Uchlikni "Manchester Yunayted" etakchisi Brunu Fernandesh yakunlab berdi.
Keyingi o'rinlarni Bukayo Saka, Vilyam Saliba, Gabriel Magalyans, Bruno Gimaraes, Moyses Kaysedo, Entso Fernandes va Martin Edegor egalladi.
"Arsenal" APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250