Verner Amerika klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Germaniyalik hujumchi Timo Verner rasman Amerikaning "San-Xose Ertkveyks" jamoasiga o'tdi. 29 yoshli futbolchi 2028 yilning yozi o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi.
Verner joriy mavsum Germaniyaning "RB Leyptsig" klubida to'p tepgan edi. Biroq, u "buqalar" safida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan, uchta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmagan.
Verner "Shtutgart" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2016 yilda "RB Leyptsig"ga o'tgan va 2020 yilda Londonning "Chelsi" klubiga o'tgan. 2022 yilning yozida u "Leyptsig" klubiga qaytdi va o'tgan mavsumda "Tottenxem"da ijarada o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
408