Chempionlar Ligasi favoriti aniqlandi: "Barselona" - to'rtinchi, "PSJ" - oltinchi, "Real" - sakkizinchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 747

Nufuzli Goal portali jurnalistlari Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlanganidan so'ng turnir favoritlari reytingining yangilangan versiyasini e'lon qildi.
Chempionlar Ligasida g'oliblikka asosiy da'vogar "Arsenal" bo'lib turibdi, jamoa umumiy bosqichda 8 o'yinning barchasida g'alaba qozongan. Reytingda ikkinchi o'rinni "Bavariya" egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni "Liverpul" yakunlab bergan.
Top-10 likdan keyingi o'rinlarni "Barselona", "Manchester Siti", "PSJ", "Chelsi", "Real", "Tottenxem", "Sporting" kabi jamoalar egallab turibdi.
O'tgan mavsumda Chempionlar Ligasida "PSJ" g'olib bo'lgandi. Bir kun avval Luis Enrike jamoasi umumjamoa hisobida 11-o'rinni egallagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428