Rafinya Braziliya terma jamoasini JCh-2026 guruhidagi raqiblarini hurmat qilishga chaqirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 607

Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan bir guruhda ishtirok etadi. Bu borada "selesao" vingeri Rafinya izoh berdi.
"Odamlar bugun futbol 15 yil oldingidek deb o'ylashadi. Unday emas. Har bir jamoa hurmatga loyiq. Agar biz shunchaki Braziliya terma jamoasi futbolkasi tufayli maydonga tushib, g'alaba qozonishimiz mumkin deb hisoblasak... hech narsa chiqmaydi", - deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi Sofascore.
Braziliya terma jamoasi oxirgi marta 2002 yilda jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Umuman olganda, braziliyaliklar tarixda besh marta mundial g'olibi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
421