"Inter" Perishichni qaytarishga ishonyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Inter"da hujumkor yarim himoyachi Ivan Perishichning klubga qaytishi borasida optimizm kuchaymoqda. Taniqli jurnalist Janluka di Martsioning saytida yozilishicha, "neradzurrilar"ning optimizmi PSVning Chempionlar ligasidan chiqib ketishi bilan bog'liq.
PSV "Bavariya"ni mag'lub eta olmadi va 1:2 hisobida yutqazib, evrokuboklarni tark etdi. Bu yaqinda 36 yoshga to'ladigan Perishich bo'yicha kelishuvga yo'l ochadi.
Qayd etilishicha, Ivan Perishich allaqachon "Inter" bilan kelishuvga erishgan. Endi tajribali xorvatiyalik futbolchi klublar o'rtasidagi kelishuvni kutmoqda.
Perishich o'z vaqtida "Inter" safida 254 ta o'yinda maydonga tushib, 55 ta gol urgan va sheriklariga 50 ta golli uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
408