Asllani "Beshiktosh"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Milanning "Inter" klubi tayanch yarim himoyachisi Kristyan Asllani Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga ijaraga beriladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Ayni paytda bitim og'zaki kelishilgan. Shartnoma sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi, "Beshiktosh" futbolchiga o'z mablag'lari hisobidan maosh to'laydi. Asllani turk klubi safida iyun oyiga qadar to'p tepadi va tez orada Istanbulga uchib, kelishuvni yakunlashi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli albaniyalik futbolchi "Torino" safida 16 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning bozor narxi Transfermarkt portali tomonidan 13 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
409