"Benfika" futbolchisi: "Ko'proq gol urmaganimdan xafaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1767

Portugaliyaning "Benfika" klubi hujumchisi Andreas Shelderup Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turidan o'rin olgan Ispaniyaning "Real" klubiga (4:2) qarshi o'yindagi g'alabasi haqida gapirdi. Shelderup dubl qayd etdi, "Benfika" safida yana bittadan golga Vangelis Pavlidis (penalti) va Anatoliy Trubin mualliflik qildi.
"Fantastika! Aynan shuni orzu qilasan - shunday ajoyib stadionda o'ynab, "Real"ni mag'lub etish. Aql bovar qilmaydi! To'g'risini aytsam, biroz xafa bo'ldim, chunki ko'proq gol urishim mumkin edi. Qattiq ishlashda davom etishim kerak, lekin bu fantastik g'alaba. Uni ta'riflashga so'z yo'q. Mukammal stsenariy!" - deya Shelderupning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319