"Roma" futbolchisi A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Corriere dello Sport tarqatgan ma'lumotga qaraganda, huquqiy jihatdan Madridning "Atletiko" klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda faoliyatini ijara asosida Rimning «Roma» klubida o'tkazayotgan hujumchi Nikola Kalinich A Seriyada qolishi mumkin.
31 yoshli xorvatiyalik futbolchiga «Bolonya» va «Fiorentina» klublari qiziqish bildirishmoqda va yozgi transfer bozorida 10 million evro to'lashga tayyor turishibdi.
Avvalroq, xorvatiyalik hujumchiga Angliyaning «Nyukasl» klubi qiziqish bildirgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229