Entso Fernandes "PSJ"ning qiziqishi fonida kelajagi haqida qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

Yarimhimoyachi Entso Fernandes "PSJ" qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Chelsi"da qolishni istamoqda. Bu haqda Britaniya OAV xabar bermoqda.
Argentinalik futbolchi "ko'klar" rahbariyatiga jamoadagi hozirgi holatidan mamnun ekanini ma'lum qilgan. Futbolchiga bosh murabbiy Liam Rosenorning yangi tizimi juda yoqdi. Uning fikricha, angliyalik mutaxassis tayinlanganidan keyin "Chelsi"ning o'yini yaxshilangan.
Joriy mavsumda Entso Fernandes "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
409