Maguayr Kerrikning mashg'ulotlardagi harakatlaridan hayratda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr murabbiy Maykl Kerrikning mashg'ulotlari haqida gapirdi.
"U aksariyat mashg'ulotlarda o'zi ham qatnashadi va hali ham to'p uzatish mashqlarida o'z mahoratini namoyish etmoqda. U chiziqlar orasida juda yaxshi to'p uzatadi, xuddi hali ham o'ynayotgandek.
O'tgan kuni u mashqni qanday bajarish kerakligini ko'rsatib, ikkita pas berdi. Hamma 300ga yaqin pas berdi, ammo uning ikkita uzatmasi men ko'rgan eng yaxshi uzatma bo'ldi," - deya Maguayrning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.
Maykl Kerrik yanvar oyida "qizil iblislar"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi lavozimini egalladi. 44 yoshli sobiq yarim himoyachi avvalroq iste'foga chiqarilgan Ruben Amorim o'rniga tayinlandi.

Bosh sahifaga
431