"Inter"ning "Al-Ittihod" yulduzi bo'yicha dastlabki taklifi rad etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

"Inter" hujumkor yarim himoyachi Mussa Diabini o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda. Biroq, milanliklarning birinchi taklifi "Al-Ittihod" tomonidan rad etildi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Birinchi taklifda "Inter" "PSJ" tarbiyalanuvchisini 35 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olish variantini taklif qilgandi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli Diabi va uning vakillari "Inter"ga o'tishga rozi, ammo klublar o'rtasida hozircha kelishuv yo'q. Muzokaralar jarayoni davom etmoqda.
"Al-Ittihod" safida Mussa Diabi 52 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va sheriklariga 27 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444