Oblak: "Ular bunga haqli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 533

"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Chempionlar Ligasi doirasidagi "Bude-Glimt"ga qarshi o'yinda (1:2) muxlislarning jamoaga nisbatan hushtakbozligi haqida gapirdi.
"Men har doim muxlislarning hushtaklarini tushunaman. Sen g'olib bo'lmasang, odamlar g'azablanadi. Muxlislar o'z jamoasining g'alabalarini ko'rishni xohlashadi.
Oldinda yana ikkita o'yin bor - bu biz xohlagan narsa emas, ammo 1/8 finalga chiqish uchun ikkita o'yinimiz bor va muxlislar bizni qo'llab-quvvatlaydi.
Hozir shunday davrki, to'p darvozaga kirmayapti. Hujumning yakuniy bosqichida bizga xotirjamlik etishmayotgani ko'rinib turibdi", dedi Oblak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
502