Paketaning "Vest Xem"dan "Flamengo"ga transferi tafsilotlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 858

Kecha, 28 yanvar kuni "Vest Xem" yarimhimoyachi Lukas Paketa "Flamengo"ga o'tishini e'lon qildi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, braziliyaliklar futbolchining transferi uchun 42 million evro to'laydi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar juda uzoq davom etdi.
Ular 23 dekabrda boshlanib, Rojdestvo bayramlari davomida davom etdi va kecha yakunlandi. Avvaliga "Vest Xem" o'z futbolchisi uchun dekabr oyida 60 million evro, yanvar oyi boshida esa 50 million evro so'ragandi. To'lov 2028 yilgacha bir nechta to'lovlar bilan amalga oshiriladi. "Flamengo" Paketani mavsum oxirigacha "Vest Xem"ga ijaraga berishga rozi bo'ldi.
Lukas Paketa "Vest Xem"ga 2022 yilda "Lion"dan 43 million evro evaziga o'tgandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi "bolg'achilar" safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
463