Kompani "Bavariya"ning Chempionlar ligasidagi g'alabasiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

Chempionlar ligasi musobaqasining umumiy bosqichi 8-turida "Bavariya" safarda PSV ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu natija haqida nemis grandi bosh murabbiyi Vensan Kompani o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Og'ir o'yinga tayyor edik. PSV hujumda yaxshi harakat qiladi va vaziyatlardan foydalanishni biladi. Ular ajoyib zarba bilan to'pni darvozaga kiritishdi. Men bu g'alabadan xursandman, chunki bunday o'yinlarda qanchalik qiyin bo'lishini bilaman. Jamoa o'tkazib yuborilgan golga ajoyib reaktsiya ko'rsatdi", - deya belgiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, myunxenliklar 21 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egalladi.

Bosh sahifaga
512