Safonovning aytishicha, "PSJ" Chempionlar Ligasidagi maqsadiga erisha olmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 624

Frantsiyaning "PSJ" klubi darvozaboni Matvey Safonov Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 8-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi kechgan uy uchrashuvidan so'ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi.
"Maqsad Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining eng yaxshi 8 jamoasi qatoridan joy olish edi. Biroq bu futbol, har doim ham qo'yilgan vazifani bajara olmaymiz", - deya rossiyalik posbonning so'zlarini keltiradi Footmercato.
Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, Parij jamoasi 11-o'rinni egalladi. Luis Enrike shogirdlari 1/8 final yo'llanmasi uchun o'tish bahslarida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
462